AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Tuman bandlikka ko‘maklashish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limida tuman Kengashi raisi Zikiryayev Abduaziz Amanovich tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar, ularni hal etish imkoniyatlari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
🤝 Aholi murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida.