Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Salomova Feruza Ibodullayevnaga Kotibiyat tomonidan biriktirilgan Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov tomonidan “Quyosh” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 248-sonli DMTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-son qarori — “Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda o`rganish masalasi muhokama qilindi.
🔹 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimining texnik holati, isitish qozonlari va mavjud jihozlarning sozligi, ularning mavsum davomida barqaror va xavfsiz ishlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🏫 Shuningdek, ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿 Mazkur yo‘nalishda tegishli tashkilotlarga isitish tizimlarining texnik holatini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsum davomida obyektlarda barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.