#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🏛 Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev ham ishtirok etdi.
🔺 Sessiya kun tartibidan aholi farovonligini ta’minlash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar o‘rin oldi.
📁 Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda aholi bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti tinglandi.
💰 Shuningdek, Yunusobod tumani mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish masalalari deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
📈 Sessiyada tumanda investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbus va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.
🔎 Bundan tashqari, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Suv ta’minoti” hamda “Yunusobod-Maxsustrans” korxonalarining 9 oylik faoliyati, hududni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, shuningdek, Xalq qabulxonasi axboroti va doimiy komissiyalar tarkibiga o‘zgartirish kiritish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli savol, taklif va mulohazalar bildirilib, mavjud masalalarni hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
✅ Sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul ijrochilar oldiga aniq vazifalar belgilandi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash