Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida joylashgan 13-sonli maktabda bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida maktab qozonxonalarining holati, isitish tizimining mavsumga tayyorligi hamda ko‘mir bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.
📌 O‘rganishdan asosiy maqsad — sovuq kunlarda maktabda zarur haroratni ta’minlash, isitish tizimining uzluksiz ishlashiga erishish va mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish.
Deputat tomonidan ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ta’minlash hamda mavjud masalalarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish muhimligi qayd etildi.