#19_1_Modda_ijrosi
❗️ TOSHKENT SHAHAR MADANIYAT BOSHQARMASI QOSHIDAGI MUSIQA MAKTABLARI FAOLIYATI O‘RGANILADI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi qoshidagi musiqa maktablari faoliyati yuzasidan o‘rganish olib boriladi.
🔺 O‘rganish davomida musiqa maktablarining tashkiliy-huquqiy faoliyati, moliyalashtirilishi va moddiy-texnika bazasi, bino va inshootlar holati, musiqa asboblari hamda o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganligi ko‘rib chiqiladi.
📁 Shuningdek, pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik, o‘quvchilar bilan ishlash, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ma’rifiy-madaniy faoliyat va shaffoflik, shuningdek, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflarga alohida e’tibor qaratiladi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash