Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#Savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Kengash_raisi_deputat_sifatida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala #DeputatNazorati
янв.21
#Murojaat_daftari #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #MurojaatlarDaftari
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
Murojaat amaliy yechim topdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan aprel oyida “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida aholi tomonidan Gulshan ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan edi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tartibda murojaat qilinib, aholi tomonidan ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi. Natijada Gulshan ko‘chasining 530 metr qismiga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.

Deputat M.Mavlonqulov hokim yordamchisi bilan birgalikda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlarining holati va sifatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida yo‘l qoplamasining bajarilish holati ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Aholi tomonidan bildirilgan murojaatning amaliy natija bilan yakunlangani hudud infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2