Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala #Deputat_daftar
янв.21
#Deputat_faoliyati #Deputat_so‘rovi #24_ta_masala
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #DeputatNazorati
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
E’LON XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati “Bog‘ishamol” mahallasidagi ko‘p qavatli uyda lift muammosi deputatlik nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugida o‘tkazilgan deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari va fuqarolar bilan uchrashuvlar davomida “Bog‘ishamol” mahallasi, Farovon massivi 30-sonli ko‘p qavatli uy aholisi tomonidan lift moslamasining uzoq muddatdan buyon ishlamayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, liftning nosozligi, ayniqsa, yuqori qavatlarda yashovchi aholining kundalik harakatlanishida qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

Mazkur murojaat yuzasidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova tomonidan Termiz shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i J.Maxammadinovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:

- lift moslamasini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
- nosoz ehtiyot qismlarni ta’mirlash yoki yangilash orqali liftni qisqa muddatda xavfsiz va soz holatga keltirish;
- ko‘p qavatli uyda liftning xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlash;
- Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini muntazam nazoratga olish;
- amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kengash kotibiyatiga batafsil axborot taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish va ularning ijrosini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.