Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Birlik va hamjihatlik timsoli — mahallalarda keng ko‘lamli hashar tashkil etildi

Birlik va hamjihatlik timsoli — mahallalarda keng ko‘lamli hashar tashkil etildi

Namangan shahrining "G‘uncha", "Kurashxona", "Nurafshon", "Obi Hayot" hamda "Ravnaq" mahallalari hududidan o‘tuvchi temiryo‘l atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xalqimizning asrlar davomida shakllangan ezgu qadriyatlari va hamjihatlik an'analariga muvofiq, "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida mazkur hududlarda ommaviy hashar tashkil etildi. Unda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda mas'ul tashkilotlar xodimlari faol ishtirok etdi.

Hashar davomida temiryo‘l atrofi begona o‘tlardan tozalandi, hududlarning sanitariya holati yaxshilandi, devor va tomlarni ta'mirlash, eskirgan inshootlarni tartibga keltirish, shuningdek, temiryo‘lning himoya to‘siqlari hamda beton tayanchlarini bo‘yash ishlari amalga oshirildi.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik tadbirlari hududlarning estetik qiyofasini yanada yaxshilash, ekologik va sanitariya holatini mustahkamlash, fuqarolar uchun xavfsiz, qulay va ozoda yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan hududlarda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va borishini joyida o‘rgandi. 

O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, bajarilayotgan ishlar sifatini yanada oshirish hamda obodonlashtirish tadbirlarini tizimli davom ettirish yuzasidan mas'ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari aholi farovonligini oshirish, mahallalarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish hamda fuqarolarning birdamligi va hamjihatligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 5