Milliy hunarmandchilik faoliyati bilan tanishuv.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, milliy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jumladan, Namangan shahridagi tadbirkor B. Xalilov tomonidan yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan faoliyat bilan deputatlar yaqindan tanishdilar.
Tanishuv jarayonida ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar sifati, bozorgirligi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, sohaga yanada rivojlantirish va hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tadbirkorning takliflari tinglandi.
Bunday uchrashuvlar hududlarda hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va milliy qadriyatlarni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi.