Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#24_ta_muhim_masala Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi

#24_ta_muhim_masala

Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashiga kotiibyati mudiri M.Yarmatov tomonidan o'z saylov okrugida Zanggilambop mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodimining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar, xususan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy yordamga ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, mahallada ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasida tizimli ishlarni yuqori darajaga olib chiqish va fuqarolarning murojaatlari muntazam ravishda o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rishni jadallashtirish lozim. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda turli ijtimoiy dasturlar doirasida ishlar tashkil etilgan.

O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Jumladan, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda yanada chuqur tahlil olib borish, nogironligi bor yoshlar va ayollar bilan ishlashni kuchaytirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda profilaktik ishlarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.