O‘rganish davomida maktablarning isitish tizimlari, qozonxonalar, issiqlik tarmoqlari hamda o‘quv xonalarining mavsumga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumida uzluksiz va sifatli issiqlik bilan ta’minlash, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlar tomonidan maktablarda mavjud muammolar va ehtiyojlar o‘rganilib, mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, isitish tizimlarini soz holatga keltirish hamda mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur o‘rganishlar ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.