Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

SANCHIQUL MFY — TASHABBUS KO‘CHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI

SANCHIQUL MFY — TASHABBUS KO‘CHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 16-saylov okrugi deputati Jabborova Dilnoz Usarovna tomonidan Sanchiqul MFY Tashabbus ko‘chasidagi mavjud holat va aholini qiynayotgan masalalar o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
▪️ ko‘chaning obodonlashtirish holati;
▪️ yo‘l va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar;
▪️ aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
▪️ mavjud muammolar va ularning yechimi
bo‘yicha holat ko‘zdan kechirildi.
🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilash va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.
📌 Deputatlik nazorati — muammoni joyida o‘rganish va uning amaliy yechimini ta’minlashdan boshlanadi.