OILALAR DAROMADI VA BANDLIK HOLATI O‘RGANILADI
🇺🇿 Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash orqali aholining doimiy daromad manbaini yaratish hamda kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha mahalliy Kengashlar tomonidan deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarning 2-bandiga muvofiq amaliy ishlar belgilab olindi.
👥 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova ishtirokida mahallalarda o‘rganish ishlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyat rejasi ishlab chiqildi va aniq vazifalar belgilandi.
🔎 O‘rganishlar davomida, xususan:
🔹 ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar;
🔹 reyestrga kiritilmagan ishsiz fuqarolar;
🔹 mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar oilalarining holati;
🔹 oilalarning mavjud daromad manbalari;
🔹 bandlik va ishga joylashish imkoniyatlari;
🔹 tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolar
bo‘yicha holat o‘rganiladi.
📋 O‘rganishlarning asosiy maqsadi — muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash, har bir oilaning bandlik va daromad imkoniyatlarini baholash hamda aniqlangan muammolar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
🤝 Ushbu jarayonda deputatlar, “Mahalla yettiligi” a’zolari va mahalla faollari hamkorligida har bir murojaat va muammoni manzilli o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.
📍 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlashdan uni hal etishgacha bo‘lgan jarayon!