Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI: MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILMOQDA

DEPUTATLIK NAZORATI: MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILMOQDA
📋 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori talablari ijrosini ta’minlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda ularning yechimini nazorat qilish holatini o‘rganish maqsadida deputatlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔎 O‘rganish davomida, jumladan:
▪️ murojaatlarni belgilangan tartibda qabul qilish va ro‘yxatga olish;
▪️ murojaatlarni mas’ullarga o‘z vaqtida yo‘naltirish;
▪️ murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etilishi;
▪️ murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning to‘liq va xolis o‘rganilishi;
▪️ joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy natijalar;
▪️ murojaatlarga berilayotgan javoblarning asoslantirilganligi;
▪️ shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarni tashkil etish;
▪️ murojaatlar bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi;
▪️ takroriy murojaatlar va tizimli muammolarni aniqlash holatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📊 Maqsad — murojaatlar sonini kamaytirish emas, balki murojaatda ko‘tarilgan muammoni o‘z vaqtida, qonuniy va amaliy natija bilan hal etish.
🤝 Fuqarolarning murojaati — bu shunchaki murojaat emas, balki hududdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun muhim ko‘rsatkichdir.