MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILADI
📅 2026-yil 21-sentabr kuni soat 14:30 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
📌 Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori ijrosini tumanda o‘rganish masalasi o‘rin olgan.
🔎 Mazkur yig‘ilishda davlat organlari, davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilinadi.
📊 Jumladan, murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, belgilangan muddatlarda javob berish hamda fuqarolar murojaatlarining amaliy yechimini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratiladi.
🤝 Doimiy komissiya tomonidan masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinadi.
⚖️ Murojaatlar bilan ishlash — fuqarolar huquq va manfaatlarini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️