35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliyev A. tomonidan davlatimiz rahbarining Olmazor tumaniga tashrifi davomida videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘zsuv kanali bo‘yi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

☑️O‘rganish davomida kanal qirg‘oqlarining sanitariya holati, hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sayr hududlarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🟢Kanal bo‘ylarini chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish;

🟢Yashil hududlarni ko‘paytirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish;

🟢Aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun sayilgoh va sayr yo‘laklarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, hududni obodonlashtirish va aholiga qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarni obodonlashtirish, ekologik holatni yaxshilash va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3