35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“XOTIN-QIZLAR BALANSI”NI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Normetova S. tomonidan mahallalarda “Xotin-qizlar balansi”ni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida mahallalarda shakllantirilgan ma’lumotlar bilan tanishilib, xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi. Xotin-qizlarning ijtimoiy holati, muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-562-son Qonuni hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.

🎯“Xotin-qizlar balansi”ni shakllantirishdan asosiy maqsad — mahallalarda yashovchi xotin-qizlarning holatini chuqur o‘rganish, ularning muammo va ehtiyojlarini aniqlash, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda har bir xotin-qizga manzilli va amaliy yordam ko‘rsatish choralarini belgilashdan iborat.