Yunusobod tumanida tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning murojaatlari va mavjud muammolari o‘rganildi.
🤝 Ochiq muloqotda Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari N.Sadullayev, Yunusobod tumani Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi A.Saidaliyev hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✅ Uchrashuv davomida tadbirkorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan masalalar, moliyaviy va tashkiliy muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
📍 Deputatlik nazorati doirasida murojaatlarning ijrosini ta’minlash, aniqlangan muammolarni joyida hal etish hamda muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilishi nazoratga olindi.
🔹 Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!