35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#19_modda #Kengash_raisi #Deputat_sifatida

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli qaroriga muvofiq, “Mingchinor” mahallasida beton ustunlar o‘rnatish loyihalari deputatlik nazoratiga olindi.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tegishli tashkilotlar rahbarlari va mas’ullar ishtirokida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

O‘rganishlar davomida belgilangan hududdagi amaliy ishlar joyida ko‘zdan kechirilib, loyihani o‘z vaqtida hamda sifatli yakunlash yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3