O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularning iqtisodiy faolligini oshirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.