#kunlik_ish_reja_ijrosi
🇺🇿Kotibiyat xodimlari faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov tomonidan Kengash kotibiyati xodimlarining faoliyati tahliliy-tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.
Jarayon davomida kotibiyat xodimlarining belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi, sessiya va doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kelgusidagi vazifalar, ish samaradorligini yanada oshirish, hujjatlar bilan ishlashda mas’uliyat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
🔹 Asosiy maqsad — Kengash faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik vakolatlarini amalga oshirishda zarur sharoitlarni yaratish hamda fuqarolar manfaatlariga xizmat qiladigan ishlarni izchil davom ettirish.