Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#Deputat_faoliyati #Inson_qadri_uchun #Saylovchilar_bilan_muloqot #Aholini_qollab_quvvatlash
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #Deputat_sifatida
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
янв.21
⚖️ DEPUTAT YOKI SENATOR QONUNCHILIKNI BUZGANLIK HOLATIGA OID MATERIALLAR QANDAY KO‘RIB CHIQILADI?
янв.21
#Deputat_faoliyati #Paxta_yig‘im_terimi
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI TASIQLANDI
янв.21
#KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLIND
янв.21
🌎XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov tomonidan “G‘ishtli masjid” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla ijtimoiy xodimi D.Abdullayevaning faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi D.Abdullayeva tomonidan qonun talablarini amalga oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, “G‘ishtli masjid” mahallasi hududida 318 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 68 ta oilaga jami 25 million 800 ming so‘mlik dori-darmon vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda kiyim-kechaklar yetkazib berilgan.

Shuningdek, 13 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga zarur tibbiy-reabilitatsiya jihozlari ajratilgani qayd etildi. Bundan tashqari, 1 nafar fuqaroga jarrohlik amaliyoti uchun, yana 1 nafar fuqaroga davolanish xarajatlari uchun jami 41 million 200 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1