35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari
янв.21
DEPUTAT UCH AVLOD VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
#162_qonun
янв.21
#DOIMIY_KOMISSIYA_FAOLIYATI #EKSPERT_GURUHI_FAOLIYATI
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Savolnoma_asosida #Deputat_nazorati #Qonunlar_ijrosi #Nazorat_tahlil #Oltinsoy
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyatidan
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyatidan
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, tuman Kengashi deputatlari K.Karimova va X.Shayimova hamda Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Zaxidova ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, tumandagi 31 ta mahalla fuqarolar yig‘inida xatlov jarayonlari o‘tkazilib, jami 4 115 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga tavsiya etilgan. Joriy yilning 6 oyi davomida shundan 1 832 nafar xotin-qizga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan turli yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy ijro darajasi 45 foizni tashkil etgan.

O‘rganish davomida yo‘nalishlar kesimida quyidagi natijalar qayd etildi:
🔵1-toifa — ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar
Rejaga 1 463 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, amalda 1 042 nafarining bandligi ta’minlangan. Ijro darajasi 71,1 foizni tashkil etgan.
🔵2-toifa — tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar
Rejaga 462 nafar xotin-qiz kiritilgan, amalda 332 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Ijro 67 foizni tashkil etgan.
2.1 — tadbirkorlikni endi boshlash istagidagi xotin-qizlar
Rejaga 453 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, amalda 326 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Ijro darajasi 72 foiz.
2.2 — tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish bosqichidagi xotin-qizlar
Rejaga 43 nafar xotin-qiz kiritilgan, amalda 6 nafariga yordam ko‘rsatilgan. Ijro darajasi 14 foizni tashkil etgan.
🔵3-toifa — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar
Rejaga 85 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, amalda 49 nafariga yordam ko‘rsatilgan. Ijro 58 foiz.
➖3.1. Uy-joy bilan ta’minlash: 21 nafar reja, amalda 18 nafar xotin-qiz uy-joy bilan ta’minlangan — 86 foiz.
➖3.2. Ijara kompensatsiyasi: 1 nafar reja, amalda 1 nafar xotin-qizga ijara kompensatsiyasi to‘lab berilgan — 100 foiz.
➖3.3. Uy-joyni ta’mirlash: 63 nafar reja, amalda 30 nafar xotin-qizning uy-joyi ta’mirlangan — 48 foiz.
🔵4-toifa — tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar
Rejaga 1 174 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, amalda 613 nafariga psixologik yordam ko‘rsatilgan. Ijro darajasi 52 foiz.
➖4.1. Ruhiy holatini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar: 449 nafar reja, amalda 155 nafariga yordam ko‘rsatilgan — 35 foiz.
➖4.2. Jarrohlik amaliyotisiz davolanishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar: 674 nafar reja, amalda 451 nafariga yordam ko‘rsatilgan — 67 foiz.
➖4.3. Jarrohlik amaliyotiga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar: 51 nafar reja, amalda 7 nafariga yordam ko‘rsatilgan — 14 foiz.

Yakuniy xulosa
O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar ayrim yo‘nalishlarda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa-da, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda tibbiy yordamning ayrim turlarida ijro darajasi pastligicha qolmoqda.

Shu bois uchrashuv davomida ijrosi past bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizning muammosini individual o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish choralarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, “Ayollar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik va jamoatchilik nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3