35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

#Deputatlik_nazorati #haftalik_ish_reja_ijrosi

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “6-Xondamir” saylov okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovich tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan “Moon Child” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

📇 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishi, ta’lim-tarbiyasi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tashkilot rahbariyati bilan atroflicha suhbatlashilib, mavjud sharoitlar va ta’lim-tarbiya jarayoni o‘rganildi.

👦 Shuningdek, deputat tomonidan bolajonlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning mashg‘ulotlari va kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🕯 Yosh avlodning sog‘lom, bilimli va barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda bu boradagi deputatlik nazoratini kuchaytirish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 6