35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA DEPUTATLIK NAZORATI
🔎 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumandagi Iqtisodiyot va moliya bo‘limida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibini belgilovchi Nizomning ijrosi o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida mazkur Nizom talablarining amaliyotga joriy etilishi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda rag‘batlantirish mexanizmlarining mavjudligi tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning faolligini oshirish, korrupsiya holatlari haqida xabar berishning samarali mexanizmlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.