35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

19-BAND IJROSI: MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 19-BAND IJROSI: MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan deputatlik nazorati doirasida hududdagi 65-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud sharoit, kitob fondi hamda o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
📖 Ma’lum bo‘lishicha, maktab kutubxonasida 730 ta badiiy adabiyot mavjud. Kitob fondini elektron bazaga kiritish ishlari ham bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
💡 O‘rganish yakunida kutubxonadagi badiiy adabiyotlar fondini yanada boyitish va ko‘paytirish, shuningdek, o‘quvchilar uchun kitobxonlik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📌 Deputatlik nazorati — mavjud holatni o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularning yechimiga amaliy ko‘mak berishdir.
Kitobxon yosh — ma’naviyati yuksak jamiyat poydevoridir!

Slide 1 of 2