35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#_Kengash_raisining_faoliyati #_deputat_faoliyati Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

#_Kengash_raisining_faoliyati
#_deputat_faoliyati
Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, hokimi Odiljon Yaqubov hamda Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi Mas’ud Ashurov tomonidan Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo'llarni asfaltlash, yangi elektr simlari tortish, ish bilan ta'minlash, davolanish hamda boshqa ijtimoiy masalalarda bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlari va mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olinib, ularning ijrosi uchun mas’ul ijrochilar biriktirildi.

Shuningdek, qabul davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning muammolarini qonuniy hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3