#_deputat_faoliyati
Og‘ir toifadagi Alisher Navoiy mahallasida ustuvor vazifalar belgilandi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov tuman hokimi o‘rinbosarlari, Alisher Navoiy mahallasi yettiligi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda og‘ir toifadagi Alisher Navoiy mahallasida loyiha asosida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini yakunlash, hududni mahalla ochilish marosimiga munosib tarzda tayyorlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda mahallani ochilish marosimiga to‘liq tayyorlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.