O‘rganish davomida mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati, shuningdek, Kengash sessiyasi qarorlarida ijro intizomi bo‘yicha belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlil qilindi.
Jumladan, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.