35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

DUOBA MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 DUOBA MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov va 11-sonli “Qo‘rg‘oncha” saylov okrugi deputati Y.Aliyev tomonidan Duoba MFY raisi faoliyati o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy holat, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, yoshlar va fuqarolar muammolarini o‘rganish hamda mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📊 Duoba MFY haqida ma’lumot:
🏘 Mahallada 11 ta ko‘cha, 513 ta xonadon mavjud.
👨‍👩‍👧‍👦 Aholi soni — 2 657 nafar, oilalar soni — 606 ta.
♿️ 23 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro mavjud.
⚖️ 6 nafar fuqaro probatsiya ro‘yxatida, 19 nafar fuqaro profilaktika ro‘yxatida turadi.
👨‍💼 34 nafar ishsiz yosh mavjud.
🌍 61 nafar fuqaro mehnat migratsiyasida.
🏠 22 nafar fuqaro kambag‘al oilalar reyestrida turadi.
🏫 Mahallada 4 ta maktab va 🏥 1 ta shifoxona faoliyat yuritadi.

✅ O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, ishsiz fuqarolar va yoshlarni bandlikka jalb qilish, kambag‘al oilalar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4