35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#KengashIshReja #Buloqboshi #Farovon #MIsmoiliy #MahallaYettiligi #Organish #HududlarRivoji #XalqBilanMuloqot

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi raisi D.Danashev hamda kengash kotibiyati xodimlari Sh.Shamsiddinov va M.G'ulomovlar ish kunlik ish rejasiga muvofiq tumanimizdagi «Farovon» hamda «M.Ismoiliy» mahalla fuqarolar yig'inlarida bo'lishdi.

O'rganishlar davomida mahallalarda faoliyat yuritayotgan «mahalla yettiligi» a'zolarining kundalik ishlari, ularning aholi muammolarini hal etishdagi samaradorligi va fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish holati yaqindan ko'zdan kechirildi. Shuningdek, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish sifatini yanada oshirish bo'yicha mas'ullarga aniq tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Aholi bilan yaqindan ishlash, ularning dardu tashvishlaridan xabardor bo'lish — har bir rahbar va mas'ul shaxsning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta'kidlandi.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |

Slide 1 of 3