Qadriyat mahallasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Oybibi Artiqova Qadriyat mahallasining G‘alaba ko‘chasida yangidan tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida bolalarning sifatli tarbiya va ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda tarbiyaviy jarayonlarning tashkil etilish holati ko‘zdan kechirildi.