35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Jarbuloq mahallasidagi “Tashabbusli byudjet” loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi

#deputatlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #Open_byudjet #Doimiy_komissiyalar #ekspert_guruhlari

Jarbuloq mahallasidagi “Tashabbusli byudjet” loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi

🕯 Uchtepa tumanining Jarbuloq mahallasida aholi tashabbusi asosida ilgari surilgan, bolalar uchun zamonaviy sport maydonchasini tashkil etishni nazarda tutuvchi “Tashabbusli byudjet” loyihasi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Durbek Axmedov va Dildora Kamalova tomonidan o‘rganilgan mazkur loyiha “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi doirasida ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘oliblar qatoridan joy olmagan. Shunga qaramay, loyiha mahalla aholisi, ayniqsa, yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish nuqtayi nazaridan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

📈 O‘rganish davomida Jarbuloq mahallasida bolalar sport maydonchasini barpo etish uchun ajratilishi ko‘zda tutilayotgan yer maydoni, hududning mavjud infratuzilmasi, uning bugungi holati hamda mazkur hududdan foydalanish imkoniyatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📇 Shuningdek, loyiha amalga oshirilgan taqdirda mahalladagi bolalar va o‘smirlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar, sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda mahalla hududini obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida loyiha tashabbuskorlari va mahalla faollarining fikr-mulohazalari ham tinglandi. Aholining mavjud ehtiyojlari, hududdagi muammolar va loyiha bo‘yicha takliflari o‘rganilib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Avaz Xudayberganov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

↗️ Ta’kidlash joizki, “Tashabbusli byudjet” jarayoni nafaqat g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish, balki hududlarda aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni aniqlash, jamoatchilik fikrini o‘rganish va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun ham muhim maydon hisoblanadi.

📈 Jarbuloq mahallasida ilgari surilgan mazkur loyiha ham aynan aholining real ehtiyojidan kelib chiqqan tashabbuslardan biri bo‘lib, uning amalga oshirilishi mahalladagi bolalar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom va faol hayot tarzini olib borish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi mumkin.

🧠 O‘rganish yakunlari bo‘yicha loyiha yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilib, masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4