35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Tomorqa — mehnat, tajriba va baraka manbai! 🍇🌿

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov Xamza mahallasida aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida tomorqachilik, xususan, uzum yetishtirish borasida o‘z tajribasi bilan namuna bo‘lib kelayotgan Mamadaliyev Qambarali xonadoniga borildi.

🍇 Xonadonda uzum yetishtirish, tomorqadan unumli foydalanish, hosildorlikni oshirish va oilaviy daromadni ko‘paytirish borasidagi ilg‘or tajriba o‘rganildi.

Bunday namunali xonadonlar tajribasini ommalashtirish orqali aholining tomorqadan samarali foydalanishi, bandligi va daromadlarini yanada oshirishga xizmat qiladigan amaliy ishlarni kengaytirish muhim.

🌱 Barakali tomorqa — farovon xonadon garovi!

Slide 1 of 3