35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#24_ta_masala #Deputat_faoliyati #Okrugda_o‘rganish

O‘rganishda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Turdiyev va tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov ishtirok etdi

Mazkur hududda yangi maktab binosining qurilishi mahalla aholisi, ayniqsa, o‘quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Avval o‘quvchilar maktabga qatnash uchun 4 kilometrgacha bo‘lgan masofani piyoda bosib o‘tishga majbur bo‘lgan.

O‘rganish davomida yangi maktab binosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, bino ichki va tashqi qismlarining tayyorgarlik holati, qurilish materiallaridan foydalanish hamda ishlarning borishi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Maktab qurilishini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, shuningdek, obyektni foydalanishga topshirish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 6