35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Bolalar taqdiri — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda Taxiatosh tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.

📌 Tashrif davomida markazning Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mudiri A.Xudaybergenov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda qarovsiz qolgan bolalarga vasiylik va homiylik tayinlash masalalari muhokama qilindi.

⚖️ O‘rganish jarayonida vasiylik va homiylik tayinlash bilan bog‘liq qarorlarning amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida qabul qilinishi, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud amaliyot yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

🌱 Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning munosib sharoitda tarbiyalanishini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.