35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna “Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi holatini o‘rgandi.

Dastlab fuqaro A.R.ning xonadoniga tashrif buyurilib, mavjud ijtimoiy holati o‘rganildi. Suhbat davomida fuqaroga bolalar nafaqasi tayinlangani va nafaqa pullarini o‘z vaqtida olayotgani qayd etildi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaat va ehtiyojlarini joyida o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.