Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh.Boboyev hamda Viloyat transport boshqarmasi hamkorligida “Qozikenti” mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
🔹Sayyor qabul davomida mahalla aholisining transport xizmati, yo‘lovchi tashish sifatini yaxshilash, qatnovlar bilan bog‘liq masalalar hamda kundalik hayotda uchrayotgan boshqa muammolari tinglandi.
🔹Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni joyida hal etish, ayrim masalalarni esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔹Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va hududdagi dolzarb masalalarni hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.