35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Parktar va xiyobonlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan “Tinchlik” mahallasi hududidagi parklar va xiyobonlarning bugungi holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida hududlarning obodonlashtirilishi, yashil maydonlarning saqlanishi, daraxt va manzarali o‘simliklarni parvarishlash, mavjud infratuzilma obyektlarining holati hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, park va xiyobonlarda tozalik va sanitariya holatini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun qulay dam olish maskanlarini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
🔹Deputat tomonidan bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilib, aholi uchun munosib va obod muhit yaratish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4