MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI JAMOASI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan Olmazor tumanidagi 146-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
⚡️ Uchrashuv davomida jamoa a’zolari bilan samimiy muloqot qilinib, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, tashkilot faoliyatini rivojlantirish hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.
✅ Shuningdek, xodimlarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar o‘rganildi. Bildirilgan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
🌟 Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi samimiy muborakbod etilib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!