35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh. Eshbayev, deputatlar N. Turdiyev, I. Qo‘chqorova hamda bosh mutaxassislar D. Shakarboyev va U. Kenjayevlar tomonidan tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan tuman Suv ta’minoti bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tuman markazida joylashgan zaxira suv qudug‘i holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur quduqda 1000 kub metr suv zaxirasini saqlash imkoniyati mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, yoz oylarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgan hududlarga zaxira suvni transport vositalari orqali yetkazib berish choralari ko‘rilayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 5