#deputat_sorovi
#K_Muhammadiyev
“Zarobod” mahallasida ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat K.Muhammadiyev tomonidan Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Nodirovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatlik so‘rovida “Zarobod” mahallasidagi ko‘cha yoritish tizimining holati, ishdan chiqqan elektr chiroqlari va nur taratgichlarni almashtirish, shuningdek, yoritilmagan ko‘cha qismlariga qo‘shimcha yoritqichlar o‘rnatish masalalari ko‘tarilgan.
Shuningdek, mahallada zamonaviy, energiya tejamkor hamda belgilangan vaqtda avtomatik tarzda yoqilib-o‘chadigan ko‘cha yoritish moslamalarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va 2026-yil uchun belgilangan rejalar haqida ma’lumot berish so‘ralgan.
Deputat so‘rovida mazkur masalalar yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rish hamda natijasi haqida qonunchilikda belgilangan muddatda axborot taqdim etish so‘ralgan.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram