📌 "MADAD" NNT BILAN HAMKORLIKDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi bosh mutaxassisi Noila Samandarova tomonidan Kengashga kelib tushgan fuqarolar murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayonda "Madad" NNT rahbari Farrux Sahaddinov hamda Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Muhammad Samarov ishtirok etib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha huquqiy tahlillar amalga oshirildi va fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida yuridik maslahat hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularning ijobiy hal etilishini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.