35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi raisi, deputat, Abdullayeva Barno Sayfutdinovnaga Xayrobod mahallasida yashovchi fuqaro Ergasheva To‘xta Qoraboyevna tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda Hakimxon ko‘chasi 37-uy orqa tomoni hamda 5-tor Diydor ko‘chasi 45-uy atrofidagi kanalizatsiya tizimining nosozligi sababli xonadonlardan chiqayotgan oqova suvlar quvur orqali uylar orqa qismiga oqib tushayotgani, natijada hududda noxush hid tarqalayotgani va aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani bayon etilgan.
Deputat tomonidan fuqaroning murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan muammo haqiqatan ham mavjudligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan muammoni bartaraf etish, kanalizatsiya tizimini tartibga keltirish hamda aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.

Slide 1 of 2