📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov aholidan kelib tushgan murojaat yuzasidan "Barkamol" mahallasida joylashgan bolalar maydonchasini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi.
❗️O‘rganish davomida bolalar maydonchasining texnik holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hududga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi mas'ullariga bolalar maydonchasini ta'mirlash bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
✅ Mazkur masala ijrosi nazoratga olinib, bolalar maydonchasini ta'mirlash ishlari yuzasidan monitoring olib borilishi belgilandi.