35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.

#162_ta_qonun #doimiy_komissiya
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasi raisi Ozodaxon Dadajonova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Abduxamid Eminjonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tumanda faoliyat yuritayotgan “Shohimardon-shifo” sihatgohi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sihatgohda dam oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, ularni shinam va yashash uchun qulay turli toifadagi xonalarga joylashtirish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, dam oluvchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, jumladan, zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlangan davolash, diagnostika, fizioterapiya hamda muolaja xonalari faoliyati o‘rganildi.
Bundan tashqari, dam oluvchilarni oqilona va muvozanatli ovqatlanish bilan ta’minlash, tibbiy ko‘rsatkichlarga muvofiq parhezli ovqatlanishni tashkil etish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida sihatgohda 14 turdagi davolash xizmati yo‘lga qo‘yilgani hamda zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida turli muolaja va davolash ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.
Sihatgohda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va yaratilgan sharoitlar yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganishlar davom ettiriladi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 5