35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

📄 Deputat so‘rovi asosida Yashnobod tumani hokimligi tomonidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida "Yashnobod" MFY hududiga xizmat ko‘rsatuvchi BSK "Yashnobod Master Servis" MCHJ faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilgan qator e’tirozlar o‘z tasdig‘ini topdi.

📝 O‘rganish natijasida:
ko‘p qavatli uylar atrofi va umumiy hududlarda sanitariya-tozalik ishlari kuchaytirildi;

-yashil hududlarni muntazam sug‘orish bo‘yicha grafik ishlab chiqildi;

aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish maqsadida dispetcherlik xizmati faoliyati takomillashtirildi;

-mas’ul xodimlar qat’iy ogohlantirilib, xizmat sifati ustidan nazorat kuchaytirildi.

✅ Deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratida davom etmoqda.

Slide 1 of 1