35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI

 BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi A. Kamolov tomonidan “Yangi kuch” MFY hududida “Drayver” loyihasi asosida “Bunyodkor Foziljon Baraka” XK tomonidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi bo‘yicha byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarda sarflanishi, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining loyiha talablariga muvofiqligi hamda ishlarning yakunlanish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash hamda loyiha doirasidagi vazifalarni o‘z vaqtida yakunlash masalalariga e’tibor qaratildi.