35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Fortepiano yo‘nalishidagi ta’lim sharoitlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan shahardagi 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan o‘rganildi.

O‘rganish davomida fortepiano mashg‘ulotlari olib boriladigan o‘quv xonasining yetarli darajada jihozlangani, o‘quvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgani hamda mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchining kasbiy tajribasi va amaliy ko‘nikmalari, darslarni tashkil etish uslubi hamda o‘quvchilarga fortepiano chalish sirlarini o‘rgatish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning amaliy mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3