Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar.
📋 Kun tartibidagi asosiy masala sifatida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida yuborilgan deputat so‘rovlari ijrosining ta’minlanish holati yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri G‘. Abdullayevning axboroti eshitildi.
📊 Axborotda ta’kidlanganidek, 2026-yilning yanvar–iyul oylari davomida deputatlik nazorati doirasida yuborilgan deputat so‘rovlari ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
📌 Tahlil natijalariga ko‘ra:
✅ Jami 57 ta deputat so‘rovi yuborilgan.
✅ Shundan 57 ta deputat so‘roviga belgilangan tartibda javob berilgan.
📍 Hisobot davrida:
✔️ Muddatidan kechiktirib javob berilgan deputat so‘rovlari aniqlanmadi.
✔️ Javobsiz qoldirilgan deputat so‘rovlari mavjud emas.
✔️ Deputat so‘rovlari yuzasidan sud tartibida ko‘rib chiqilgan holatlar kuzatilmadi.
📝 Deputatlar tomonidan yuborilgan so‘rovlar asosan:
🚧 ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish;
🚸 piyodalar o‘tish yo‘laklarini tashkil etish;
🏫 maktabgacha va maktab ta’limi muassasalaridagi muammolarni bartaraf etish;
💧 ichimlik hamda sug‘orish suvi ta’minotini yaxshilash;
⚡️ elektr energiyasi va suyultirilgan gaz ta’minoti;
🏗 ijtimoiy hamda kommunal infratuzilmani rivojlantirish kabi dolzarb masalalarni qamrab olgan.
🤝 Yig‘ilishda deputatlik nazorati orqali ko‘tarilgan masalalarning aksariyati mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, amaliy choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.